Metallmaslar va ularning birikmalari
Namuna savollar5 / 5
1. Etilatsetat va noma’lum murakkab efir 2:3 miqdoriy (mol) nisbatda (mos ravishda) aralashtirilib efirlar aralashmasi hosil qilindi. Shu efirlar aralashmasi natriy gidroksidining suvli eritmasi bilan ta’sirlashganda massalarining yig‘indisi 452 g bo‘lgan tuzlar va 230 g etil spirit hosil bo‘ldi. Agar efirlarning natriy gidroksid bilan reaksiyaga kirishishi natijasida spirtlar sinfiga mansub moddalardan faqatgina etil spirit hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘lsa, noma’lum efirning nomini aniqlang.
- A) propilasetat.
- B) etilpropanoat.
- C) propilformiat.
- D) etilformiat.
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) etilpropanoat.
2. Natriyning qaysi birikmasi surgi dori sifatida ishlatiladi.
- A) chili selitrasi
- B) kristall soda
- C) glauber tuzi
- D) suvsizlantirilgan soda
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: C) glauber tuzi
3. 0,1 mol metall gidrofosfati tarkibida 7,4 mol elektron mavjud bo‘lsa, moddani aniqlang.
- A) MgHPO4
- B) FeHPO4
- C) CaHPO4
- D) Na2HPO4
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) FeHPO4
4. Tarkibi C5H13N bo‘lgan necha xil uchlamchi amin bo‘ladi? (optik izomerlari hisobga olinmasin)
- A) 3
- B) 1
- C) 4
- D) 2
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) 3
5. Yer sharining yadrosiga yaqinlashgan sari qanday kimyoviy elementlardan tashkil topgan moddalar ko‘proq uchrashi aniqlangan?
- A) inert gazlar, uglevodorodlar, uglerod va oltingugurt gazlari
- B) zichligi katta bo‘lgan og‘ir metall elementlaridan
- C) kremniy birikmalari
- D) barcha elementlar bir xil uchraydi
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) zichligi katta bo‘lgan og‘ir metall elementlaridan
Maslahat
Avval oson savollardan boshlang, keyin qiyinroqlariga o'ting. Har kuni kamida 20 ta savol yeching.
Test sozlamalari