Kimyoviy reaksiyalar turlari — test savollari javoblari bilan

Kimyo · 5 ta ochiq savol (bankda jami 8 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. Mol nisbati 2:4:1 bo‘lgan Al, Cu va Ag dan iborat aralashma xlorid kislota eritmasida eritilganda olingan gaz(lar) hajmi (l, n.sh.) xuddi shunday miqdordagi aralashmaning konsentrlangan (mo‘l) nitrat kislota bilan ishlanganda olingan gaz(lar) hajmidan 6,72 l (n.sh.) ga kam bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi aluminiyning massasini (g) aniqlang.
  1. A) 2,7
  2. B) 5,4
  3. C) 27
  4. D) 10,8
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) 2,7

2. Propan, propen va vodorod aralashtirilib hajmi 70 litr (n.sh.) bo‘lgan gazlar aralashmasi hosil qilindi. Shu gazlar aralashmasi katalizator ishtirokida qizdirilganda hajmi 60 litr (n.sh.) bo‘lgan yangi gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Agar yangi gazlar aralashmasi yetarlicha kislorodda yondirilsa o‘rtacha molekulyar massasi 27,75 g/mol bo‘lgan karbonat angidrid va suv bug‘i aralashmasi hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi propanning hajmini (litr, n.sh.) toping.
  1. A) 15.
  2. B) 20.
  3. C) 10.
  4. D) 30.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) 20.

3. Agar reaksiya natijasida cho‘kma hosil bo‘lsa va gaz ajralib chiqsa dastlabki A va B moddarni toping.
  1. A) natriy sulfid va alyuminiy
  2. B) bariy xlorid va natriy sulfat
  3. C) natriy karbonat va xlorid kislota
  4. D) kumush nitrat va natriy fosfat
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) natriy karbonat va xlorid kislota

4. Кimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonlarni ko‘rsating.
  1. A) yog‘ning sovuqda qotishi
  2. B) pomidor sharbatining bijg‘ishi
  3. C) ohakning so‘ndirilishi
  4. D) benzinning yonishi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) yog‘ning sovuqda qotishi

5. o‘zgarishlar sxemasida birinchi reaksiya o‘rin olish, ikkinchisi almashinish reaksiyasi bo‘lsa, X va Y reagentlarni aniqlang.
  1. A) mis (II) –xlorid va kaliy sulfid
  2. B) xlorid kislota va mis (II) –sulfid
  3. C) magniy xlorid va simob (II) –sulfid
  4. D) xlor va bariy sulfid
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) xlorid kislota va mis (II) –sulfid

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.