Amaliy va sanoat kimyosi — test savollari javoblari bilan

Kimyo · 5 ta ochiq savol (bankda jami 8 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. Polimerlanish darajasi nechaga teng bo‘lganda propilen nisbiy molekulyar massasi 17220 ga teng bo‘lgan polipropilen molekulalarini hosil qiladi?
  1. A) 300.
  2. B) 410.
  3. C) 270.
  4. D) 350.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) 410.

2. Spirt lampasi bilan ishlashga oid texnika havfsizligi qoidasi noto‘g‘ri berilgan javob variantini tanlang.
  1. A) spirt lampasini ishlatib bo‘lgach, keyingi laboratoriya ishigacha uni qalpoqchasi yopilgan holda saqlanadi.
  2. B) spirt lampasi yonib turgan boshqa spirt lampasi bilan yondiriladi.
  3. C) spirt lampasini laboratoriya ishiga tayyorlashda, spirt lampasi idishining 1/2 qismiga spirt quyiladi.
  4. D) yonib turgan spirt lampasi uning piligi ustidan qalpoqcha kiydirish orqali o‘chiriladi.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) spirt lampasi yonib turgan boshqa spirt lampasi bilan yondiriladi.

3. O‘simliklarda magniy makroelementi tanqisligi yuzaga kelmasligi uchun ularning barglariga magniy sulfatning suyultirilgan eritmasi sepiladi. Maydoni 1 gektar bo‘lgan qand lavlagi plantatsiyasidagi o‘simliklarning barglariga 0,738 kg taxir tuzdan foydalanib tayyorlangan suyultirilgan eritma sepilganda, o‘simliklardagi magniy tanqisligining oldi olindi. Maydoni 4 gektar bo‘lgan qand lavlagi plantatsiyasidagi o‘simliklarda magniy tanqisligini oldini olish uchun necha kilogramm MgSO4 · H2O kerak?
  1. A) 1,252.
  2. B) 1,656.
  3. C) 0,252.
  4. D) 0,656.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) 1,656.

4. 224litr (n.sh) etilendan 0.025 mol polietilen olingan bo‘lsa, polietilening o‘rtacha polimerlanish darajasini toping.
  1. A) 400
  2. B) 500
  3. C) 250
  4. D) 300
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) 400

5. 100 g 46,8% li natriy xloridi eritmasi to‘liq elektroliz qilindi. Anodda ajralgan gaz 200 g 30% li natriy yodid eritmasiga yuttirilganda qanday massadagi (g) cho‘kma ajraladi?
  1. A) 63,5
  2. B) 50,8
  3. C) 38,1
  4. D) 25,4
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) 50,8

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.