Mehnat va oila huquqi — test savollari javoblari bilan

Huquq · 5 ta ochiq savol (bankda jami 5 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. Ishga mast holda, spirtli ichimliklar yoki narkotik moddalar iste’mol qilgan holda kelish huquqbuzarlikning qaysi guruhiga mansub?
  1. A) ma’muriy huquqbuzarlik
  2. B) jinoiy huquqbuzarlik
  3. C) fuqarolik huquqbuzarlik
  4. D) intizomiy huquqbuzarlik
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) intizomiy huquqbuzarlik

Mehnat intizomini buzish — intizomiy huquqbuzarlik.

2. Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida yoki er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi ?
  1. A) Nikoh dalolatnomasi
  2. B) Nikoh shartnomasi
  3. C) Nikoh guvohnomasi
  4. D) barchasi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) Nikoh shartnomasi

Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjat — nikoh shartnomasi.

3. Muayyan muddatga tuziluvchi mehnat shartnomasi eng ko‘pi bilan qanchagacha tuzilishi mumkin?
  1. A) 5 yilgacha
  2. B) 3 yilgacha
  3. C) 1 yilgacha
  4. D) 7 yilgacha
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) 5 yilgacha

Muddatli mehnat shartnomasi eng ko‘pi bilan 5 yilga tuziladi.

4. Mehnat daftarchasida asosan quydagilardan qaysi biri ko‘rsatilmaydi ?
  1. A) rag‘batlantirishlar
  2. B) mutaxassisligi
  3. C) shga qabul qilish sanasi
  4. D) oylik maoshi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) oylik maoshi

Mehnat daftarchasida ish haqi (oylik maosh) ko‘rsatilmaydi; unda mutaxassislik, ishga qabul sanasi va rag‘batlantirishlar qayd etiladi.

5. Huquq tizimining qaysi tarmog‘i orqali korxonalar, tashkilotlar va ularning xodimlari o‘rtasidagi mehnat munosabatlari tartibga solinadi?
  1. A) Oila huquqi sohasi orqali;
  2. B) Fuqarolik huquqi sohasi orqali;
  3. C) Mehnat huquqi sohasi orqali;
  4. D) Ijtimoiy munosabatlar huquqi sohasi orqali;
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) Mehnat huquqi sohasi orqali;

Korxona, tashkilot va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat huquqi sohasida tartibga solinadi.

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.