Konstitutsiya asoslari — test savollari javoblari bilan

Huquq · 5 ta ochiq savol (bankda jami 19 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. Huquq normalarining yig‘indisi nima deb yuritiladi?
  1. A) Obyektiv huquq
  2. B) Huquq funksiyalari
  3. C) Subyektiv huquq
  4. D) Huquq tizimi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) Obyektiv huquq

Davlat o‘rnatgan huquq normalarining yig‘indisi — obyektiv huquq.

2. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun qachon qabul qilingan?
  1. A) 1991-yil 1-sentabr
  2. B) 1991-yil 29-yanvar
  3. C) 1991-yil 31-avgust
  4. D) 1992-yil 31-avgust
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) 1991-yil 31-avgust

Mustaqillik 1991-yil 31-avgustda e’lon qilingan.

3. Quyidagi sxemada huquqiy munosabatlarning elementlarini aniqlang (rasmga qarang).
Konstitutsiya asoslari — 3-savol rasmi
  1. A) 2, 4
  2. B) 1, 3
  3. C) 1, 2, 3
  4. D) 2, 3
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) 2, 4

Huquqiy munosabat elementlari — subyektiv huquq (2) va yuridik majburiyat (4). Huquqiy odat huquq manbai, muomala layoqati subyekt belgisi.

4. Jamiyatga berilgan ta’riflardan qaysi biri muvofiq emas ?
  1. A) Jamiyat – majbur qilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo‘lgan, o‘z fuqarolari, shuningdek, hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan siyosiy tashkilotdir;
  2. B) Jamiyat - mavqei, ijtimoiy kelib chiqishi va qiziqishlariga ko‘ra birlashgan kishilar doirasi;
  3. C) Jamiyat - ma’lum hududda yashovchi o‘z manfaatlarini birgalikda himoya qilish va ehtiyojlarini birgalikda qondirish uchun birlashgan kishilarning jamoasi;
  4. D) Jamiyat - biror bir maqsad yo‘lida doimiy harakatdagi tashkilot;
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) Jamiyat – majbur qilish kuchiga, ya’ni hokimiyatga ega bo‘lgan, o‘z fuqarolari, shuningdek, hududida istiqomat qiluvchi barcha insonlarning manfaatlarini himoya qiladigan siyosiy tashkilotdir;

«Majbur qilish kuchi (hokimiyat)ga ega» ta’rifi davlatga tegishli, jamiyatga emas.

5. Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi qaysi javobda berilgan ?
  1. A) ma’muriy huquq
  2. B) konstitutsiya
  3. C) fuqorolik huquqi
  4. D) oila huquqi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) konstitutsiya

Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai — Konstitutsiya.

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.