Testlar Savol banki Huquq Ekologiya huquqi
Huquq

Ekologiya huquqi

25 ta savol
Namuna savollar5 / 5
1. O'zbekiston Respublikasida quyida berilgan qaysi Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi?
  1. A) «Aholni muhofaza qilish to'g'risida»gi
  2. B) «Jamiyat va davlatni muhofaza qilish to' g'risida»gi
  3. C) «Harbiy obyektlarni muhofaza qilish to' g'risida»gi
  4. D) «Tabiatni muhofaza qilish to' g'risida»gi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) «Tabiatni muhofaza qilish to' g'risida»gi

«Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonun tabiiy muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi. U mamlakatdagi atrof-muhit huquqining asosiy qonunidir.

2. Ekologik-iqtisodiy javobgarlik – bu……….
1) iqtisodiy huquqiy javobgarlikning bir turi bo'lib, milliy yoki huquq normalarida belgilangan qoida va xalqaro me'yorlarni buzganlik uchun iqtisodiy javobgarlik choralarini o'z ichiga oladi.
2) milliy va xalqaro huquq normalarida belgilangan ekologik munosabat qatnashchilari uchun majburiy kuchga ega bo'lgan qoida va me'yorlarni buzganlar uchun yuridik tusdagi jazo choralari qo'llanilishi;
3) kishilarning jamoatchilik oldidagi javobgarligidir;
4) iqtisodiy javobgarlik sifatida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirish uchun to'lovlar qo'llaniladi.
  1. A) 1, 3
  2. B) 2, 4
  3. C) 2, 3
  4. D) 1, 4
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 1, 4

Muallif kalitiga ko'ra to'g'ri javob — D (1, 4). Ekologik-iqtisodiy javobgarlik iqtisodiy huquqiy javobgarlikning bir turi sifatida ekologik qoidalarni buzganlik uchun iqtisodiy chora ko'rishni (1) hamda tabiiy resurslardan foydalanish va ifloslantirish uchun to'lovlarni (4) qamrab oladi. 2-band yuridik javobgarlik (jazo), 3-band axloqiy javobgarlik bo'lib, ta'rifga to'liq mos emas.

3. Tashqi muhitga chiqariladigan CO2 ning miqdori va ularni davlatlar ulushiga to'g'ri moslashtiring.
1) AQSh; 2) MDH mamlakatlari; 3) Xitoy; 4) Germaniya;
a) 5,4%; b) 7%; c) 18%; d) 31%.
  1. A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
  2. B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a
  3. C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
  4. D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a

Muallif kalitiga ko'ra to'g'ri moslik — 1-d (AQSh 31%), 2-c (MDH 18%), 3-b (Xitoy 7%), 4-a (Germaniya 5,4%). Bu — atrof-muhitga chiqarilayotgan CO2 ulushiga oid statistik ma'lumotlarni moslashtirish savoli.

4. . . . javobgarlikka milliy va xalqaro huquq normalarida belgilangan ekologik munosabat qatnashchilari uchun majburiy kuchga ega bo'lgan qoida va me'yorlarni buzganlik uchun yuridik tusdagi jazo choralari qo'llanilishi kiradi.
  1. A) Ekologik-iqtisodiy
  2. B) Ekologik-ijtimoiy
  3. C) Ekologik-huquqiy
  4. D) Ekologik-siyosiy
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) Ekologik-huquqiy

Ekologik huquqbuzarlik uchun yuridik (huquqiy) jazo choralarini qo'llash — ekologik-huquqiy javobgarlik deb ataladi. To'g'ri javob — Ekologik-huquqiy (C).

5. O'zbekistonda inson huquqlariga oid qonunchilik tizimi asosiy tarkibiy qismlari MUVOFIQ berilgan javobni toping.
1) madaniy huquqlar;
2) ekologik huquqlar;
3) iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar;
4) shaxsiy huquqlar;
5) siyosiy huquqlar;
6) inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar.
  1. A) 1, 2, 4
  2. B) 3, 5, 6
  3. C) 2, 3, 4, 5, 6
  4. D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 1, 2, 3, 4, 5, 6

Inson huquqlariga oid qonunchilik tizimi madaniy, ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy, shaxsiy va siyosiy huquqlar hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarni o'z ichiga oladi. Demak barcha bandlar (1–6) to'g'ri.

Maslahat

Avval oson savollardan boshlang, keyin qiyinroqlariga o'ting. Har kuni kamida 20 ta savol yeching.

Test sozlamalari
Savollar soni
5 dan 25 tagacha
Qiyinlik darajasi
Mashq turi
Mavzu Ekologiya huquqi
Savollar 10 ta
Taxminiy ~20 daqiqa
Bepul boshlash

Hisobingiz bormi? Kirish