Davlat ramzlari va tuzilishi — test savollari javoblari bilan

Huquq · 6 ta ochiq savol (bankda jami 27 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi qaysi davlat organi tomonidan boshqariladi?
  1. A) Oliy Majlis
  2. B) Vazirlar Mahkamasi
  3. C) Prezident
  4. D) Markaziy Bank
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) Markaziy Bank

Bank tizimini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaradi.

2. Amnistiya akti Prezident taqdimnomasiga binoan qaysi davlat organi tomonidan e’lon qilinadi?
  1. A) Bosh vazir
  2. B) Vazirlar Mahkamasi
  3. C) Oliy Majlisning Senati
  4. D) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) Oliy Majlisning Senati

Amnistiya aktlari Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilinadi.

3. Kim davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi?
  1. A) Prezident
  2. B) Oliy Majlis Raisi
  3. C) Bosh vazir
  4. D) barchasi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) Prezident

Konstitutsiyaga ko‘ra bu vazifa Prezident zimmasida.

4. Davlatning mavjudligi, uning zarurligi nimada o‘z aksini topadi?
  1. A) Davlatning funksiyalari
  2. B) Suverenitetida
  3. C) Konstitutsiyasida
  4. D) Davlat mexanizmi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) Davlatning funksiyalari

Davlatning mavjudligi va zarurligi uning funksiyalarida o‘z aksini topadi.

5. Qaysi hollat O‘zbekistonda amal qilgan o‘ziga xos yangilik bo‘lib davlat boshqaruvi fani va amaliyotiga kirdi?
  1. A) mahalla tizimi
  2. B) vertikal boshqaruv
  3. C) gorizontal boshqaruv
  4. D) mahalla uyushmasi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) mahalla tizimi

Mahalla tizimi — O‘zbekiston davlat boshqaruviga kiritilgan o‘ziga xos yangilik.

6. Ayni bir shaxs surunkasiga necha muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bo‘lishi mumkin emas?
  1. A) ikki
  2. B) uch
  3. C) to‘rt
  4. D) besh
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) ikki

Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasi Spikeri bo‘la olmaydi.

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.