Kinematika (harakat, tezlik, tezlanish) — test savollari javoblari bilan

Fizika · 12 ta ochiq savol (bankda jami 56 ta) · har birida to'g'ri javob va izoh
1. Jismning vaqt birligi ichida bosib o‘tgan yo‘li nima deyiladi?
  1. A) Tezlanish
  2. B) Tezlik
  3. C) Ko‘chish
  4. D) Trayektoriya
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) Tezlik

2. 10 m/s tezlik bilan 5 s harakatlangan jism qancha yo‘l bosadi?
  1. A) 2 m
  2. B) 15 m
  3. C) 50 m
  4. D) 500 m
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) 50 m

3. Bir jism ikkinchi jismga ishqalansa nima hosil bo‘ladi?
  1. A) Elektr zaryadi
  2. B) Magnit maydon
  3. C) Yorug‘lik
  4. D) Tovush
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: A) Elektr zaryadi

4. Eng katta tezlik qayerda kuzatiladi?
  1. A) Tovushda
  2. B) Yorug‘likda
  3. C) Raketada
  4. D) Samolyotda
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) Yorug‘likda

5. 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanib, jism o‘z tezligini 60 m yo‘lda 4 marta oshirdi. Jismning boshlang‘ich tezligini toping (m/s).
  1. A) 5.
  2. B) 1.
  3. C) 2.
  4. D) 3.
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) 2.

6. Metro eskalatori tinch turgan odamni 20 s da yuqoriga olib chiqadi. harakatlanmayotgan eskalatordan esa u 1 minutda yuqoriga chiqadi. Odam harakatlanayotgan eskalatordan qancha vaqtda (s) yuqoriga chiqadi?
  1. A) 7
  2. B) 30
  3. C) 40
  4. D) 15
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 15

7. Tinch turgan mashina 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlanibm 72 km/h tezlikka erishganida qancha masofa (m) bosib o‘tgan bo‘ladi?
  1. A) 80
  2. B) 400
  3. C) 250
  4. D) 200
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) 200

8. Mashina o‘z tezligini har 3 s da 9 m/s ga oshiradi. U o‘z tezligini 3 m/s dan 18 m/s gacha oshirguncha qancha yo‘l (m) yuradi?
  1. A) 36 m
  2. B) 52,5 m
  3. C) 50 m
  4. D) 45 m
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: B) 52,5 m

9. Oy – Yerning yo‘ldoshi. Agar Yer bilan Oy orasidagi o‘zaro tortishish kuchi birdan yo‘qolsa, Oyning keyingi harakati qanday bo‘ladi?
  1. A) spiralsimon harakatlanib, Yerga qulab tushadi
  2. B) Yerga qulab tushadi
  3. C) Yer atrofidagi aylanma harakatini davom ettiradi
  4. D) to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanadi
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: D) to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanadi

10. To‘g‘ri javobni toping. Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig‘idagi harakati davomida chizilgan chiziq uzunligi ... deb ataladi.
  1. A) trayektoriya
  2. B) sanoq sistemasi
  3. C) yo‘l
  4. D) ko‘chish
Javobni ko'rish

To'g'ri javob: C) yo‘l

Bu — mavzuning ochiq namuna qismi. To'liq bank, vaqt rejimi, tahlil va xatolar ustida ishlash — test rejimida.