English
English testlari haqida
Ingliz tili testi asosan grammatika va so'z boyligini tekshiradi. Mavzular fe'l zamonlari (tenses), modal fe'llar, artikllar va otlar, olmoshlar, sifat va ravishlarning qiyoslash darajalari, predloglar va bog'lovchilar, shart gaplar (conditionals), majhul nisbat (passive voice), o'zga gap (reported speech), gerund va infinitiv, so'z yasalishi hamda phrasal verbs va collocations ni o'z ichiga oladi. Amaliy maslahat: zamonlar tizimi butun grammatikaning o'zagi — u puxta bo'lsa, passive, conditionals va reported speech ancha oson beriladi. Phrasal verbs va collocations esa faqat muntazam takror bilan esda qoladi, kuniga 5-10 tadan o'rganing.
English fanidan nechta test savoli bor?
TestMakon'da English fanidan 1197 ta faol savol va 13 ta mavzu mavjud. Barchasi bepul ishlanadi.
English testlari bepulmi?
Ha. English fanidan mavzu bo'yicha mashq testlari to'liq bepul — ro'yxatdan o'tib darhol boshlash mumkin.
DTM imtihonida English necha ball beradi?
DTM 189 ballik tizimda baholanadi: 1-blok fani 30 savol × 3,1 ball (93 ball), 2-blok fani 30 savol × 2,1 ball (63 ball), majburiy fanlar esa 10 savoldan × 1,1 ball (11 ball). English qaysi blokda ekani tanlagan yo'nalishingizga bog'liq.