Savol 1Fizika — 1-variant
Agar jismning $a$ — umumiy tezlanishi, $a_n$ — normal tezlanish, $a_t$ — tangensial tezlanish bo‘lsa, quyidagilardan qaysilari to‘g‘ri? $1)\ a_n > a$ $2)\ a_t > a$ $3)\ a \ge a_t$ $4)\ a \ge a_n$
- A)$1$ va $3$
- B)$2$ va $4$
- C)$3$ va $4$
- D)$1$ va $4$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: C) $3$ va $4$
Savol 2Fizika — 1-variant
Birinchi jism sharqqa $\frac{5}{13}\ \text{m/s}$ tezlik bilan, ikkinchi jism janubga $\frac{12}{13}\ \text{m/s}$ tezlik bilan harakat qilmoqda. Ularning nisbiy tezligini $(\text{m/s})$ toping.
- A)$1$
- B)$\frac{17}{13}$
- C)$\frac{7}{13}$
- D)$5$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) $1$
Savol 3Fizika — 1-variant
Prujinaga $5\ \text{kg}$ massali yuk osilganda u $8\ \text{sm}$ cho‘zilgan bo‘lsa, uning bikirligini $(\text{kN/m})$ toping.
- A)$\frac{25}{4}$
- B)$\frac{5}{8}$
- C)$\frac{4}{25}$
- D)$12.5$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) $\frac{5}{8}$
Savol 4Fizika — 1-variant
Agar Yerning Quyosh atrofidagi aylanish tezligi $30\ \text{m/s}$ ga teng bo‘lsa, Zuhro planetasining aylanish radiusi Yernikidan $25\%$ kam bo‘lsa, Zuhro planetasining tezligini $(\text{m/s})$ toping.
- A)$30.5$
- B)$34.6$
- C)$39$
- D)$41$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) $34.6$
Savol 5Fizika — 1-variant
Massasi $2\ \text{kg}$, tezligi $6\ \text{m/s}$ bo‘lgan va massasi $1\ \text{kg}$, tezligi $5\ \text{m/s}$ bo‘lgan jismlar o‘zaro tik holda harakat qilayotgan bo‘lsa, ularning natijaviy impulsini $(\text{kg}\cdot\text{m/s})$ toping.
- A)$13$
- B)$12$
- C)$25$
- D)$169$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) $13$
Savol 6Fizika — 1-variant
Tebranma harakat qilayotgan jismning $\frac{8}{3}$ sekunddagi tezlanishini toping.
- A)$-\frac{\sqrt{3}\pi^2}{32}$
- B)$-\frac{\sqrt{3}\pi^2}{32}$
- C)$-\frac{\pi^2}{32}$
- D)$\frac{\pi^2}{32}$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) $-\frac{\sqrt{3}\pi^2}{32}$
Savol 7Fizika — 1-variant
Agar prujinali mayatnikning to‘la energiyasi $5$ marta ortsa, tebranish amplitudasi qanday o‘zgaradi?
- A)$5$ marta kamayadi
- B)$5$ marta ortadi
- C)$\sqrt{5}$ marta ortadi
- D)$\sqrt{5}$ marta kamayadi
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: C) $\sqrt{5}$ marta ortadi
Savol 8Fizika — 1-variant
Agar havo shari geliy o‘rniga teng miqdordagi neon gazi bilan to‘ldirilsa, uning yuk ko‘tarish qobiliyati qanday o‘zgaradi? Havoning molyar massasi $29\ \text{g/mol}$.
- A)$\frac{29}{9}$
- B)$\frac{29}{20}$
- C)$\frac{9}{29}$
- D)$\frac{25}{9}$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: D) $\frac{25}{9}$
Savol 9Fizika — 1-variant
Idishda $1.5\ \text{MPa}$ bosim ostida $27^\circ \text{C}$ haroratli gaz bor. Gaz temperaturasi yana $60^\circ \text{C}$ ga oshirildi va bunda idishdan gazning $40\%$ chiqib ketdi. Idishda qolgan gazning bosimini $(\text{MPa})$ toping.
- A)$0.92$
- B)$1.08$
- C)$0.96$
- D)$0.88$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) $1.08$
Savol 10Fizika — 1-variant
Xonadagi havo temperaturasi $290\ \text{K}$ dan $300\ \text{K}$ gacha isitildi. Lekin xonadagi bosim o‘zgarmagan bo‘lsa, xonadagi gazning ichki energiyasi qanday o‘zgaradi?
- A)Chiziqli ortadi
- B)Chiziqli kamayadi
- C)O‘zgarmaydi
- D)Keskin ortadi
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) Chiziqli ortadi
Savol 11Fizika — 1-variant
$4$ mol bir atomli ideal gazning ichki energiyasi $9600\ \text{J}$ bo‘lsa, uning absolyut haroratini $(\text{K})$ toping.
- A)$193$
- B)$243$
- C)$240$
- D)$200$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) $193$
Savol 12Fizika — 1-variant
Havoda radiusi $2\ \text{mm}$ bo‘lgan suv tomchisining egralanishi natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha bosimni $(\text{Pa})$ toping.
- A)$73$
- B)$146$
- C)$93$
- D)$116$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: A) $73$
Savol 13Fizika — 1-variant
Agar jism $8\ \mu C$ zaryadlangan bo‘lsa, yo‘qotilgan elektronlar sonini toping.
- A)$5\cdot10^{10}$
- B)$5\cdot10^{13}$
- C)$5\cdot10^{12}$
- D)$5\cdot10^{11}$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) $5\cdot10^{13}$
Savol 14Fizika — 1-variant
Qo‘rg‘oshin $^{207}\text{Pb}$ neytral atomidagi elektronlar sonini toping.
- A)$207$
- B)$125$
- C)$87$
- D)$82$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: D) $82$
Savol 15Fizika — 1-variant
Zaryadlari $Q$ va $q$ bo‘lgan zarralar $10\ \text{sm}$ masofada joylashgan. Masofa $5\ \text{sm}$ ga qisqartirish uchun $\frac{4}{5}\ \text{mJ}$ ish bajarildi. Yana $3\ \text{sm}$ ga qisqartirish uchun qanday ish $(\text{mJ})$ bajarish kerak?
- A)$4.8$
- B)$2.4$
- C)$\frac{16}{15}$
- D)$\frac{8}{15}$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) $2.4$
Savol 16Fizika — 1-variant
O‘lchamlari bir xil bo‘lgan metall sharlar $110\ \text{V}$ va $-40\ \text{V}$ potensialga ega zaryadlar bilan bir-biriga tegizildi. Birinchi zaryadning potensiali $(\text{V})$ qanday bo‘ladi?
- A)$70$
- B)$35$
- C)$-5$
- D)$140$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) $35$
Savol 17Fizika — 1-variant
Alyuminiyning qarshilik termik koeffitsiyentini aniqlash maqsadida doimiy kuchlanish ostida dastlab eriyotgan muzga solinganda tok kuchi $35\ \text{mA}$, qaynayotgan suvga solinganda $25\ \text{mA}$ bo‘ldi. Alyuminiyning termik koeffitsiyentini $(10^{-3}\ \text{K}^{-1})$ toping.
- A)$28.4$
- B)$36.4$
- C)$4$
- D)$12$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: C) $4$
Savol 18Fizika — 1-variant
$120\ \text{V}$ kuchlanish manbaiga ulangan rezistorda $2.5$ minutda $3.6\ \text{kJ}$ issiqlik ajralgan bo‘lsa, rezistordan oqib o‘tgan tok kuchi $(\text{A})$ qanday?
- A)$0.1$
- B)$1$
- C)$5$
- D)$0.2$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: D) $0.2$
Savol 19Fizika — 1-variant
O‘zgaruvchan elektr tarmog‘iga $4\ \Omega$ aktiv, sig‘im qarshiligi $2\ \Omega$ bo‘lgan kondensator va induktiv qarshiligi $5\ \Omega$ bo‘lgan g‘altak ketma-ket ulangan. Kuchlanishning effektiv qiymati $50\ \text{V}$ bo‘lsa, foydali quvvatni $(\text{W})$ toping.
- A)$300$
- B)$400$
- C)$500$
- D)$200$
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) $400$
Savol 20Fizika — 1-variant
Tebranish konturida kondensator zaryadi kamaysa tok kuchining moduli qanday o‘zgaradi?
- A)Kamayadi
- B)Ortadi
- C)O‘zgarmaydi
- D)Keskin kamayadi
Javobni ko'rish
To'g'ri javob: B) Ortadi