Badiiy matn va she'riy tahlil
Примеры вопросов5 / 6
1. 'Temir intizom' birikmasi qanday ma'noda?
- A) O‘z ma'nosida
- B) Ko‘chma ma'noda
- C) Termin
- D) Sheva
Показать ответ
Правильный ответ: B) Ko‘chma ma'noda
2. Badiiy asarlarda qahramonning qaysi hududdan ekanligini ko'rsatish uchun qanday so'zlardan foydalaniladi?
- A) Terminlardan
- B) Dialektizmlardan
- C) Neologizmlardan
- D) Kasb-hunar so'zlaridan
Показать ответ
Правильный ответ: B) Dialektizmlardan
3. Yaratildi bir shoh asar, go‘zal bir doston,
G‘adir-budur mehnat qo‘li bitgandir buni, ...
Qofiyadir fabriklar-la qizlar qo‘shig‘i,
O‘qi va sev! Buning ismi — yosh 0‘zbekiston.
O‘zbekiston atalmish yurtning o‘zligini — tarixi, buguni va kelajagini qunt bilan o‘qish, tanish va shular asosida sevishga, ardoqlashga yonib da’vat etilgan ushbu misralar muallifini aniqlang.

- A) Hamid Olimjon
- B) Zulfiya
- C) Oybek
- D) Mirtemir
Показать ответ
Правильный ответ: A) Hamid Olimjon
4. Nodira qalamiga mansub “Eshit” radifli g‘azalidan olingan parchani o‘qing va u asosida tuzilgan savollarga javob bering.
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Dudi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misrayi baijastadur, ey sarvi ozodim, eshit.
G‘azal mazmuniga oid xato fikrni aniqlang.

- A) Ikkinchi baytda quyidagi ma’no ifodalangan: ohimning cho‘zilgan shu’lasi husning devonxonasi (mirzoxonasi)da (bir) munosib misra (bo‘ldi), ey sarvdek tik qomatli (yorim), eshit.
- B) Lirik qahramon gapni to‘g‘ridan to‘g‘ri yorga murojaatdan boshlamaydi, avvalo, o‘z holini bayon etishga urg‘u beradi.
- C) Lirik qahramon o‘zini bechoraga, yorini shohga o‘xshatmoqda.
- D) Birinchi misradan ey podshohlar podshohi, arz qilib, (oldingga) keldim, arzimni eshit, degan ma’noni tushunishimiz mumkin
Показать ответ
Правильный ответ: B) Lirik qahramon gapni to‘g‘ridan to‘g‘ri yorga murojaatdan boshlamaydi, avvalo, o‘z holini bayon etishga urg‘u beradi.
5. “Mehrobdan chayon” romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi.
Ushbu mavzuda yozilgan inshoning turini aniqlang.
Ushbu mavzuda yozilgan inshoning turini aniqlang.
- A) Erkin mavzudagi insho
- B) Adabiy mavzudagi insho
- C) Ilmiy mavzudagi insho
- D) Publisistik mavzudagi insho
Показать ответ
Правильный ответ: B) Adabiy mavzudagi insho
Совет
Начинайте с лёгких вопросов, затем переходите к сложным. Решайте не менее 20 вопросов каждый день.
Настройки теста