Вопросы и материалы на этой странице пока на узбекском языке. Интерфейс переведён.
Fizika 7-sinf darslik muqovasi

Fizika 7-sinf

⚛️ Fizika 7 класс 170 стр. Бесплатно

Fizika 7-sinf — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 170 betdan iborat, 7-sinf Fizika fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.

Читать книгу
Войдите в аккаунт TestMakon, чтобы читать — бесплатно.

Фрагмент книги

стр. 1

8 Kinematika asoslari I bob. MEXANIK HARAKAT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR 1-§. JISMLARNING HARAKATI Mexanik harakat Tevarak-atrofimizda velosiped, avto­ mobil va odamlar yurishini; osmonda qush, vertolyot, samolyot va raketalar uchishini (2-rasm); suvda baliq, akula va delfinlar suzishini; Yer Quyosh atrofida, Oy esa Yer atrofida aylanishini kuzatishimiz mumkin. Jismning harakati ma’lum qonun-qoi­da­ larga bo‘ysunadi. Masalan, olimlar ku­ za­tish natijalari asosi­da osmon jism­lari­ ning qaysi vaqt­da fa­zo­ning qaysi joyida bo‘lishini aniq­lay ola­dilar. Jumladan, ular Oy va Qu­yosh­ning qa­chon tutilishini ol­ din­dan aytib berishlari mumkin. Har qanday jismning mexanik harakati boshqa jismga…

стр. 2

9 I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar Harakatning nisbiyligi Odatda, jismning vaziyati yerga nisbatan o‘zgarmasa, u tinch turibdi, deymiz. Aslida, jismning tinch yoki harakat holati nisbiydir. Qayiqda o‘tirgan odam qayiqqa nisbatan tinch holatda bo‘lsa, daryo qirg‘og‘iga nisbatan harakatda bo‘ladi. Yerdagi barcha narsalar go‘yoki tinch turganga o‘xshaydi. Lekin ular Yer bilan birga Quyosh atrofi da aylanadi, ya’ni harakatda bo‘ladi. Ma’lum tezlikda ketayotgan poyezd ichida yurib ketayotgan odam vagonga nisbatan kichik tezlikda harakatlansa, tashqaridagi temiryo‘l relsiga nisbatan katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘ladi. Bu odam tezligi turli jismlarga nisbatan turlicha bo‘ladi.…

стр. 3

10 Kinematika asoslari Sanoq sistemasi Jismning mexanik harakati haqida to‘liq ma’lu­ mot berish kerak bo‘lsin. Masalan, avtomobil shaharning A punktidan B punktiga borishini tahlil qilaylik. Uning tekislikdagi hara­katini ifodalash uchun quyidagi usuldan foydalanishimiz mumkin. Shahar xaritasini olib, unda harakat boshlangan A punkt, ya’ni sa­noq jismni topamiz (4-rasm). Shu nu­q­tadan o‘tuvchi G‘arbdan Sharqqa va Janub­ dan Shimolga yo‘nalgan ikkita masshtabi ko‘r­ satilgan o‘q o‘tkazamiz. Bu bilan ikki o‘l­chamli koordinatalar sistemasini hosil qilamiz. Avtomobil yurgan ko‘chalar bo‘yicha chiziq o‘tkazsak, avto­mobilning koordinatalar boshiga nisbatan harakat yo‘li chizmasini ifodalagan b…

Yana 167 bet Войдите, чтобы читать книгу полностью — бесплатно, без скачивания.
Источник. O'zbekiston davlat darsligi (Xalq ta'limi vazirligi). http://eduportal.uz/Umumiyfiles/darsliklar/7/fizika_7_uzb.pdf. Учебник предоставлен бесплатно в образовательных целях для учащихся. На этой странице приведён только фрагмент из первых страниц книги.