Biologiya 7-sinf
Biologiya 7-sinf — учебник можно читать онлайн в библиотеке TestMakon. Kitob 208 betdan iborat, 7-sinf Biologiya fani bo'yicha. Varaqlanadigan ko'rinishda, telefon va на компьютере работает одинаково — скачивать не нужно.
Читать книгуФрагмент книги
Aziz o‘quvchilar Siz O‘zbekistonimizning ko‘rar ko‘zlari, yorqin kelajagisiz. Biologiya darsligi sizni rang-barang va xilma-xil hayvonot dunyosiga olib kiradi. Darslik sizga hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishiga doir bilimlar beradi. Sizni faol bilim olish va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Siz uni qunt bilan o‘qisangiz, hayvonlar hayotidan juda ko‘p narsalarni bilib olasiz. Bilganlaringiz esa sizga kelgusida kasb tanlashingizda yordam beradi. Hayvonot va o‘simliklar dunyosini yaxshi bilgan kishi uni sevadi va ardoqlaydi. Ilm cho‘qqilari sari qadam tashlashingizda doimo omad yor bo‘lsin! Muallif © Mavlonov O., 2005, 2017. © «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2…
SO‘ZBOSHI O‘lkamiz tabiati nihoyatda jozibali, uning hayvonot dunyosi esa juda xilma-xil. Hayvonlarni inson qadami yetgan hamma joyda: gul- lab turgan vodiylardan tortib baland tog‘li cho‘qqilarda, osmono‘par binolar qad ko‘tarib, hayot qaynab turgan shaharlar-u go‘yo hayotsiz ko‘ringan jazirama qumli cho‘llarda ham uchratish mumkin. Mamlakatimiz daryo va ko‘llarida baliqlarning 70 ga yaqin turi, bir hujayralilardan tortib hasharotlargacha bo‘lgan xilma-xil guruhlar- dan iborat umurtqasiz hayvonlarning minglab turi uchraydi. Be poyon cho‘llar, vodiylar, ulkan tog‘ tizmalari va vohalarda sudralib yuruvchilarning 60 ga yaqin, sutemizuvchilarning 100 ga yaqin va qushlarning 400 dan ortiq turi…
4 Siz ushbu bobni o‘qib, hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish xususiyatlari, tabiatda va odam hayotidagi ahamiyati, ularni klassi- fikatsiya qilish to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishingiz lozim. 1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (zoon – hayvon, logos – fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechiri shi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi. Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqal…