14/33-mavzu · Yo'l harakati qoidalari

Chorrahalarda harakatlanish

96. Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi(lar)ga va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxs(lar)ga yoʻl berishi kerak. 97. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy toʻxtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, chorrahaga kirishi, agar toʻxtash chizigʻi yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi. …

Bepul boshlash · 13 savol
13 test savoli To'liq nazariya Video dars
Chorrahalarda harakatlanish

96. Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi(lar)ga va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxs(lar)ga yoʻl berishi kerak. 97. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy toʻxtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, chorrahaga kirishi, agar toʻxtash chizigʻi yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi. 98. Harakatlanish navba

96Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi(lar)ga va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxs(lar)ga yoʻl berishi kerak.
97Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy toʻxtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tugʻdiradigan boʻlsa, chorrahaga kirishi, agar toʻxtash chizigʻi yoki 5.33 yoʻl belgisidan oʻtib boʻlgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.
98Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-oʻchayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan oʻtish qoidalariga hamda chorrahada oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart. Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Namuna savollar va tahlil

1-savol · 🟡 O'rta

Mazkur holatda avtobusning chorrahaga kirishiga ruxsat etiladimi?

Chorrahalarda harakatlanish — 1-savol rasmi
  • Ruxsat etiladi
  • Taqiqlanadi
  • Agar avtobus belgilangan yo'nalish bo'yicha harakatlanayotgan bo'lsa ruxsat etiladi
YHQ, tegishli bo'lim 97-bandga asosan:
Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to'xtab, ko'ndalang yo'nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to'sqinlik tug'diradigan bo'lsa, chorrahaga kirishi, agar to'xtash chizig'i yoki 5.33 yo'l belgisidan o'tib bo'lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.

---
Izoh:
- Rasmda tramvay ko'ndalang yo'nalishda to'xtab turibdi va tirbandlik yuzaga kelgan.
- Bu holatda avtobus chorrahaga kirishi taqiqlanadi.

---
✅ To'g'ri javob:
"Taqiqlanadi"
2-savol · 🟡 O'rta

Qizil avtomobil:

Chorrahalarda harakatlanish — 2-savol rasmi
  • Ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki asosiy yo'ldan ketmoqda
  • Ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki aylanma harakatli yo'ldan ketmoqda
  • Chorrahaga o'ng tomondan yaqinlashib kelgan ko'k avtomobilga yo'l berishi kerak
YHQ, tegishli bo'lim 98-bandiga asosan:
Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

E'tibor bering:
- Qizil avtomobil aylanma harakatli yo'lda harakatlanmoqda.
- Ko'k avtomobil esa aylanmaga kirib kelmoqda.
- Shu sababli, qizil avtomobil ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega.
✅ To'g'ri javob:
"Ko'k avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki aylanma harakatli yo'ldan ketmoqda"
3-savol · 🟡 O'rta

Sariq avtobusning haydovchisiga chorrahaga chiqishga ruxsat etiladimi?

Chorrahalarda harakatlanish — 3-savol rasmi
  • Ruxsat etiladi
  • Taqiqlanadi
  • Agar avtobus belgilangan yo'nalish bo'yicha yursa, tuxsat etiladi.
YHQ tegishli bo'lim 97-bandiga asosan:
97-band. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to'xtab, ko'ndalang yo'nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to'sqinlik tug'diradigan bo'lsa, chorrahaga kirishi, agar to'xtash chizig'i yoki 5.33 yo'l belgisidan o'tib bo'lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.

E'tibor bering:
- Suratda sariq avtobus tirbandlik sababli chorrahada to'xtab qolishi mumkin bo'lgan holatda.
- Bunday vaziyatda chorrahaga chiqish taqiqlanadi.
✅ To'g'ri javob:
"Taqiqlanadi"
4-savol · 🟡 O'rta

Ko'rsatilgan vaziyatda haydovchi qanday yo'l tutishi kerak?

Chorrahalarda harakatlanish — 4-savol rasmi
  • Piyodalarga mazkur yo'nalishning qatnov qismidan butunlay o'tib olishlariga imkon berishi
  • Yo'l-transport falokati oldini olish uchun tovush ishora berishi va asosiy yo'lda bo'lgani sababli piyodalarga yo'l bermay o'tish joyidan o'tishi
YHQ tegishli bo'lim 96-bandiga asosan:
Chapga yoki o'ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxs(lar)ga yo'l berishi kerak.

E'tibor bering:
- Haydovchi yashil chiroqda burilishni boshlagan bo'lsa ham, piyodalarga yo'l berishi shart.
- Piyodalar to'liq qatnov qismini bosib o'tmaguncha haydovchi harakatni boshlamasligi kerak.
✅ To'g'ri javob:
"Piyodalarga mazkur yo'nalishning qatnov qismidan butunlay o'tib olishlariga imkon berishi"
5-savol · 🟡 O'rta

Ko'rsatilgan vaziyatda o'ngga burilar ekan, haydovchi qanday yo'l tutishi kerak?

Chorrahalarda harakatlanish — 5-savol rasmi
  • Ustunlik huquqidan foydalanib, tovushli xabar berishi va belgilangan yo'nalishda harakatni davom ettirishi
  • Harakat tezligini pasaytirishi va alohida ehtiyotkorlik bilan yo'lda davom etishi
  • Qatnov qismidan o'tuvchi piyodalarni o'tkazib yuborishi
YHQ tegishli bo'lim, 96-bandiga asosan:
Chapga yoki o'ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga yo'l berishi shart.

E'tibor bering:
- Svetofor haydovchiga harakatlanishga ruxsat bermoqda.
- Lekin burilish vaqtida piyodalar o'tish joyidan o'tayotgan piyodalar bor.
- Haydovchi ularga albatta yo'l berishi kerak, shundan keyin harakatni davom ettiradi.
✅ To'g'ri javob:
"Qatnov qismidan o'tuvchi piyodalarni o'tkazib yuborishi"

Bu mavzuda yana 8 ta savol bor — mashq rejimida har biriga tahlil va qonuniy asos beriladi.

Bepul boshlash